Telegram botni ulash
@BotFather'da bot yaratish, tokenni ulash, menyu tugmasi, bot nomi va tavsifi, buyruqlar.
1 daqiqaBot yarating
- Telegram'da @BotFather ni oching va /newbot yuboring.
- Bot nomini va oxiri "bot" bilan tugaydigan username'ni yozing.
- BotFather bergan tokenni nusxalang.
Dookon ga ulang
Savdo kanallari → Telegram bot ni oching va tokenni qo'ying. Dookon botga menyu tugmasini o'rnatadi: xaridor uni bosib do'koningizni Telegram ichida ochadi. Yangi buyurtmalar haqida xabarlar ham shu yerda sozlanadi.
Nom, tavsif va buyruqlar
Bot nomi, qisqa tavsif va to'liq tavsifni har bir tilda yozing; o'zgarishlar Telegram'ga yuboriladi. Menyu tugmasi matnini va bot buyruqlarini ham shu sahifada o'zgartirasiz.
Bu ham foydali bo'ladi
- Subdomen va o'z domeningizdo'kon.dookon.uz ko'rinishidagi bepul manzil, o'z domeningizni ulash, DNS yozuvlari va SSL holati.
- Dookon bozoriMahsulotlaringizni dookon.uz bozorida ko'rsatish: qatnashish, kategoriyalarni moslash va natijalar.
- PromokodlarFoiz yoki summa chegirma, eng kam buyurtma, muddat va foydalanish soni. Xaridor savatda kodni kiritadi.