Dookon bozori
Mahsulotlaringizni dookon.uz bozorida ko'rsatish: qatnashish, kategoriyalarni moslash va natijalar.
1 daqiqaQatnashing
Marketing → Dookon bozori da qatnashishni yoqing (faqat do'kon egasi). Ochiq do'konning faol mahsulotlari bozorda qidiruv va kategoriyalarda chiqadi. Buyurtmalar odatdagidek sizning panelingizga tushadi va "Bozor" belgisi bilan ko'rinadi.
Kategoriyalarni moslang
Do'kon kategoriyalaringizni bozor kategoriyalariga moslang: Avtomatik moslash nomlarga qarab taklif beradi. Alohida mahsulot uchun kategoriyani mahsulot sahifasida o'zgartirish mumkin. Xizmat ko'rsatsangiz, mahsulot turini "Xizmat" qiling.
Natijalar
Shu sahifada ko'rishlar, savatga qo'shishlar, buyurtmalar va bozordan kelgan tushum oldingi davr bilan solishtirib ko'rsatiladi.
Bu ham foydali bo'ladi
- Telegram botni ulash@BotFather'da bot yaratish, tokenni ulash, menyu tugmasi, bot nomi va tavsifi, buyruqlar.
- Subdomen va o'z domeningizdo'kon.dookon.uz ko'rinishidagi bepul manzil, o'z domeningizni ulash, DNS yozuvlari va SSL holati.
- PromokodlarFoiz yoki summa chegirma, eng kam buyurtma, muddat va foydalanish soni. Xaridor savatda kodni kiritadi.