Excel orqali import va ommaviy tahrirlash
Yuzlab mahsulotni XLSX yoki CSV fayldan bir yo'la qo'shish, xatolarni oldindan ko'rish va narxlarni jadvalda yangilash.
1 daqiqaFaylni tayyorlang
Mahsulotlar → Import / eksport → Shablon dan namunani yuklab oling. Har bir qator — bitta mahsulot yoki uning bitta varianti. Bir xil nom yoki "Mahsulot kaliti" bo'lgan qatorlar bitta mahsulotning variantlari hisoblanadi.
- Narxni so'mda yozing (masalan, 150000).
- Rasmlar ustuniga rasm havolalarini vergul bilan yozing.
- Kategoriya nomi topilmasa, yangisi yaratiladi (buni o'chirib qo'yish mumkin).
- Fayl 10 MB va 5 000 qatordan oshmasin.
Import to'rt qadamda
- Yuklash: faylni tanlang yoki sudrab tashlang.
- Ustunlar: Dookon sarlavhalarga qarab ustunlarni o'zi moslaydi; noto'g'rilarini tuzating.
- Tekshirish: nechta mahsulot yaratiladi, yangilanadi va qaysi qatorlarda xato borligini ko'rasiz. Xatolarni CSV qilib yuklab olib, faylda tuzatish mumkin.
- Import: xatosiz qatorlar saqlanadi. Katta fayl fon rejimida davom etadi.
Ommaviy tahrirlash
Narx yoki qoldiqni ko'p mahsulotda o'zgartirish uchun katalogni eksport qiling, faylda tahrirlang va qayta import qiling. Eksport faylida eksport vaqti yozilgan bo'ladi.
Bu ham foydali bo'ladi
- Boshlash: do'konni 10 daqiqada ochingRo'yxatdan o'tishdan birinchi buyurtmagacha: do'kon ustasi, ochish tugmasi va "Sozlashni yakunlang" qadamlari.
- Mahsulotlar va variantlarMahsulot qo'shish, narx va qoldiq, rasmlar, variantlar (o'lcham, rang), kategoriyalar va IKPU kodi.
- Buyurtmalar bilan ishlashBuyurtma holatlari, tasdiqlash va yetkazish, bekor qilish, ommaviy amallar, chek va yig'ish varaqasini chop etish, eksport.