Boshlash: do'konni 10 daqiqada oching

Ro'yxatdan o'tishdan birinchi buyurtmagacha: do'kon ustasi, ochish tugmasi va "Sozlashni yakunlang" qadamlari.

1 daqiqa

Akkaunt yarating

Dookon sahifasida Ro'yxatdan o'tish tugmasini bosing. Telegram, Google yoki telefon raqami va parol bilan kirish mumkin. Qaysi usulni tanlasangiz ham, keyin akkaunt sahifasida boshqa usullarni qo'shib qo'yishingiz mumkin.

Do'kon ustasidan o'ting

Usta sizni bir necha qisqa qadamdan olib o'tadi. Har bir qadam darhol saqlanadi, istalgan payt chiqib, keyin davom ettirishingiz mumkin.

  1. Do'kon: nomi, manzili (havola) va asosiy til.
  2. Aloqa: telefon, hudud va Instagram.
  3. Ko'rinish: rang va uslub, telefondagi ko'rinishi yonida ko'rinadi.
  4. Yetkazish: olib ketish yoki kuryer, narxi.
  5. Mahsulot: birinchi mahsulotingiz.
  6. Tayyor: nimalar yetishmayotganini ko'rasiz va do'konni ochasiz.

Do'konni oching

Hamma talablar bajarilgach Do'konni ochish tugmasi yonadi. Shu daqiqadan boshlab xaridorlar do'koningizni ko'radi va buyurtma bera oladi. Ochilganda ulashish kartasi chiqadi: do'kon nomi, havola va QR kod bilan tayyor rasm.

Yangi do'konlar sinov davrini oladi: bu vaqtda pullik tarif imkoniyatlari ochiq. Qolgan kunlar panelda ko'rinib turadi.

"Sozlashni yakunlang" qadamlari

Panel tepasida yetti qadamli kartochka turadi. U hammasi bajarilguncha ko'rinadi:

  • Mahsulot qo'shing
  • Yetkazib berishni sozlang
  • To'lov usullarini yoqing
  • Telegram botni ulang
  • Subdomen tanlang
  • Sinov buyurtmasini bajaring
  • Do'kon havolasini ulashing

O'z do'koningizni oching

Telegram bot, sayt va to'lovlar bir joyda. Sinov muddati bepul.