Mahsulotlar va variantlar

Mahsulot qo'shish, narx va qoldiq, rasmlar, variantlar (o'lcham, rang), kategoriyalar va IKPU kodi.

1 daqiqa

Mahsulot qo'shish

Mahsulotlar → Mahsulot qo'shish ni oching. Nomini yozing (o'zbek, rus va ingliz tillarida yozsangiz xaridor o'z tilida ko'radi), narxini so'mda kiriting va rasmlarni yuklang. Birinchi rasm katalogda ko'rinadi.

  • Eski narx — chegirmani ko'rsatish uchun, narxdan baland bo'lishi kerak.
  • Qoldiq — sotilganda o'zi kamayadi; qoldiqni kuzatmasangiz o'chirib qo'ying.
  • Holat — Sotuvda yoki Qoralama. Qoralama xaridorlarga ko'rinmaydi.

Variantlar

Bir mahsulotning bir nechta turi bo'lsa (masalan, o'lcham va rang), Variantlar bo'limida parametr qo'shing va qiymatlarini yozing. Dookon barcha kombinatsiyalarni jadval qilib beradi: har biriga alohida narx, qoldiq va SKU kiritasiz.

Kategoriyalar va saralash

Kategoriyalar do'kon menyusini tashkil qiladi. Mahsulotlar → Kategoriyalar da ularni qo'shing, rasm qo'ying va tartibini suring. Ro'yxatda bir nechta mahsulotni belgilab, kategoriyasini yoki holatini birdaniga o'zgartirish mumkin.

IKPU (MXIK) kodi

Payme orqali to'lovda chekda IKPU kodi va o'lchov birligi bo'lishi kerak. Mahsulot sahifasidagi Qo'shimcha bo'limida IKPU maydoniga mahsulot nomini yozing: soliq ma'lumotnomasidan mos kodlar chiqadi, keraklisini tanlang va qadoq turini belgilang.

O'z do'koningizni oching

Telegram bot, sayt va to'lovlar bir joyda. Sinov muddati bepul.