Subdomen va o'z domeningiz

do'kon.dookon.uz ko'rinishidagi bepul manzil, o'z domeningizni ulash, DNS yozuvlari va SSL holati.

1 daqiqa

Subdomen

Savdo kanallari → Veb-sayt da qisqa nom tanlang, masalan gulbutik. Do'koningiz gulbutik.dookon.uz manzilida ochiladi. Sertifikat (https) bir necha daqiqada o'zi chiqadi.

  • Faqat lotin harflari, raqamlar va chiziqcha.
  • Band yoki taqiqlangan nom bo'lsa, Dookon bo'sh variantni taklif qiladi.
  • Subdomenni haftasiga bir necha marta almashtirish mumkin.

O'z domeningiz

Tarifingizda o'z domeni bo'lsa, Domen qo'shish ni bosing va domenni yozing. Panel qaysi DNS yozuvlarini qo'shish kerakligini ko'rsatadi.

  1. Domen sotib olgan joyingizda (registrator) DNS sozlamalarini oching.
  2. Paneldagi A yozuvini (server IP manzili) qo'shing; www uchun ham.
  3. Dookon ga qayting va Tekshirish ni bosing.
  4. DNS → SSL → Faol bosqichlari o'tgach, do'kon domeningizda ochiladi.

O'z do'koningizni oching

Telegram bot, sayt va to'lovlar bir joyda. Sinov muddati bepul.