To'lovlar: naqd, karta, Payme va Click

To'lov usullarini yoqish, Payme va Click kassasini ulash, test rejimi va to'lanmagan buyurtmalar muddati.

1 daqiqa

Usullarni yoqing

Sozlamalar → To'lovlar da kerakli usullarni yoqing. Naqd pul va kartaga o'tkazma uchun shartnoma kerak emas: karta raqamingizni yozasiz, xaridor buyurtmadan keyin uni ko'radi.

Payme ulash

  1. Payme Business'da kassa oching va Merchant ID hamda kalitni oling.
  2. Ularni Dookon dagi Payme maydonlariga kiriting.
  3. Paneldagi webhook manzilini nusxalab, Payme kabinetidagi kassa sozlamalariga qo'ying.
  4. Avval test rejimida sinab ko'ring, keyin test rejimini o'chiring.

Payme cheklari uchun mahsulotlarga IKPU kodini qo'shib qo'ying.

Click ulash

Click'dan Service ID, Merchant ID va maxfiy kalitni oling va maydonlarga kiriting. Paneldagi Prepare va Complete manzillarini Click kabinetiga qo'shing.

To'lanmagan buyurtmalar

Onlayn to'lov kutilayotgan buyurtma belgilangan vaqt ichida to'lanmasa, avtomatik bekor bo'ladi va mahsulot qoldig'i qaytadi. Shu sahifada vaqtni 30 daqiqadan 24 soatgacha tanlang.

O'z do'koningizni oching

Telegram bot, sayt va to'lovlar bir joyda. Sinov muddati bepul.