Buyurtmalar bilan ishlash
Buyurtma holatlari, tasdiqlash va yetkazish, bekor qilish, ommaviy amallar, chek va yig'ish varaqasini chop etish, eksport.
1 daqiqaBuyurtma yo'li
Yangi buyurtma Yangi holatida keladi va Telegram'da sizga xabar boradi. Keyin uni tasdiqlaysiz, yetkazishga jo'natasiz va bajarildi deb belgilaysiz. Olib ketiladigan buyurtmada yetkazish bosqichi bo'lmaydi.
- To'lov kutilmoqda — Payme yoki Click orqali to'lanmagan buyurtma. Belgilangan vaqtda to'lanmasa, o'zi bekor bo'ladi va qoldiq qaytadi.
- Bekor qilish — sababi bilan; xaridorga xabar boradi.
- Har bir o'zgarish tarixda saqlanadi.
Kartaga o'tkazma va to'lovni tasdiqlash
Xaridor kartaga pul o'tkazgan bo'lsa, buyurtma To'lovni tekshirish ro'yxatiga tushadi. Pul kelganini ko'rib, bitta tugma bilan to'lovni va buyurtmani tasdiqlang.
Ommaviy amallar va chop etish
Kompyuterda jadvalda bir nechta buyurtmani belgilang: holatini birdaniga o'zgartirish, chek yoki yig'ish varaqasini chop etish mumkin. Har bir buyurtma odatdagi qoidalar bo'yicha o'zgaradi; o'zgarmaganlari ro'yxat qilib ko'rsatiladi.
Eksport tugmasi joriy filtrlardagi buyurtmalarni Excel yoki CSV fayl qilib beradi.
Bu ham foydali bo'ladi
- Boshlash: do'konni 10 daqiqada ochingRo'yxatdan o'tishdan birinchi buyurtmagacha: do'kon ustasi, ochish tugmasi va "Sozlashni yakunlang" qadamlari.
- Mahsulotlar va variantlarMahsulot qo'shish, narx va qoldiq, rasmlar, variantlar (o'lcham, rang), kategoriyalar va IKPU kodi.
- Excel orqali import va ommaviy tahrirlashYuzlab mahsulotni XLSX yoki CSV fayldan bir yo'la qo'shish, xatolarni oldindan ko'rish va narxlarni jadvalda yangilash.