Promokodlar

Foiz yoki summa chegirma, eng kam buyurtma, muddat va foydalanish soni. Xaridor savatda kodni kiritadi.

1 daqiqa

Promokod yarating

Marketing → Promokodlar → Yangi ni bosing. Kod (masalan, BAHOR10), chegirma turi va miqdorini kiriting.

  • Eng kam buyurtma summasi
  • Boshlanish va tugash sanasi
  • Umumiy va bir xaridor uchun foydalanish chegarasi

Qanday ishlaydi

Xaridor kodni savatda yoki buyurtma berishda kiritadi; chegirmani hisoblash serverda bo'ladi. Bir buyurtmaga bitta chegirma: taklif (referal) chegirmasi bilan promokoddan kattasi qo'llanadi.

O'z do'koningizni oching

Telegram bot, sayt va to'lovlar bir joyda. Sinov muddati bepul.